Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan yana uçta holat böyiça jinoyat işi qözğatilgani töğrisida axborot berdi.
«Boş prokuratura tomonidan G.Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qiliş, Özbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuziş hamda özgalarning juda köp miqdordagi mulkini tovlamaçilik yöli bilan qölga kiritiş holatlari yuzasidan jinoyat işlari qözğatildi.
Jinoyat işlari qözğatilişiga xalqaro kompaniyadan kelib tuşgan ma’lumotlar va fuqarolarning arizalari asosida töplangan tekşiriş hujjatlari asos bölgan.
Aniqlanişiça, G.Karimova bir guruh şaxslar bilan til biriktirgan holda, «Quvasoysement» va «Bekobodsement» AJning davlatga tegişli bölgan aksiyalarini arzonlaştirilgan narxlarda sotib olgan.
G.Karimova qayd etilgan aksiyalarni çet el tadbirkorlariga sotgan hamda ularning noqonuniy faoliyatiga rahnamolik qilib, respublika manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazgan.
Bundan taşqari, G.Karimova fuqarolar va turli kompaniya egalarini zörlik işlatiş bilan qörqitib, ularning mulkini öziga tegişli bölgan kompaniyalarga rasmiylaştirib berişga majbur qilgan.
Iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi.
Jinoyat işlari böyiça tergov davom etmoqda», deyiladi Boş prokuratura xabarida.
2017 yilning yozida Özbekiston Boş prokuraturasi Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova işi böyiça ma’lumot bergan, unga köra Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida, ya’ni birinçi prezident Islom Karimov davrida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgani va unga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangani ma’lum bölgandi.
Keyinroq Gulnora Karimovaga nisbatan firibgarlik, xorijiy valutani yaşiriş, bojxona qonunçiligini buzilişi böyiça yana bir jinoiy iş qözğatilgani ma’lum qilindi. Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan unga 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan








