Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova 5 mart kuni uy qamoğidan umumiy rejimdagi koloniyaga ötkazildi.

Boş prokuratura ma'lumotiga köra, Gulnora Karimova jinoiy yöl bilan orttirilgan pullarni hamda davlatga yetkazilgan zararni qaytariş majburiyatini öz zimmasiga olgaç, unga 2017 yil dekabrida belgilangan 10 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi 5 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga (uy qamoğiga) almaştirilgandi.

Lekin uy qamoğida ötirgan Gulnora Karimova Özbekistonga yetkazilgan zararni qoplaşga faol qarşilik qilgan. U şuningdek turar-joyni tark etmaslik, aloqa va internet vositalaridan foydalanmaslik kabi çeklovlarni ham qöpollik bilan buzgan. Xususan, u 2018 yilning 22 noyabr kuni yaşaş joyidan özboşimçalik bilan çiqib ketganida jazoni ötaş tartibi va şartlarini buzmaslik haqida ogohlantirilgandi.

«IIV Jazoni ötaş boş boşqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati taqdimnomasi asosida jazoni ötaş talabi va şartlarini qöpol ravişda buzgani sababli jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tumani sudi tomonidan G.Karimovaga nisbatan tayinlangan jazoning qolgan qismini jinoyat-ijro qonunçiligiga muvofiq umumiy rejimdagi koloniyada ötaş jazosiga almaştiriş töğrisida ajrim çiqarildi», – deyiladi Boş prokuratura tarqatgan xabarda.

Qayd etiş kerakki, Gulnora Karimova işi uning qizi Imon Karimova 5 mart kuni özining «Instagram»dagi sahifasida ularning Toşkentdagi kvartirasiga prokuratura xodimlari bostirib kirib, dastlab onasiga tahdid qilişgani, söng uni noma'lum tomonga olib ketişganini aytganidan söng yana kötarildi.

Skrinşot: Foto: Instagram / @iman.k17

«Ayni paytda u qayerda ekanligini va unga nima qilganligini heç kim bilmaydi, ammo Şveytsariyadagi advokatlar va prokurorlar xabardor qilingan va ular çoralar körmoqda», — deb yozdi Imon.

Karimovaning Jyenevadagi advokati Greguar Manja öz tvitterida nufuzli naşrlarga murojaat qilib, holatga e'tibor qaratişni söragan.

Skrinşot: Foto: Twitter / @GregoireMangeat

Imon Karimova avval ham bir neça marta ijtimoiy tarmoqda onasi haqida ma'lumot bergan, bir safar onasi bilan tuşgan selfisini joylaştirgan, boşqa safar onasi oşxonada çuçvara pişirayotgani aks etgan animatsion suratni tarqatgandi.