Hindiston hukumati Jammu va Kaşmir ştatida politsiya xodimlari bilan töqnaşuvlardan söng 30ga yaqin kişini hibsga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, ştatning yozgi poytaxti Srinagarda tartibsizliklar qatnaşçilari politsiya xodimlarini toşböron qilişgan.
Avvalroq Agence France-Presse agentligi ştatning maqomi özgarganidan buyon Jammu va Kaşmirda kamida 4 ming kişi hibsga olinganini xabar qilgandi. Agentlikning yozişiça, ular jamoat xavfsizligi töğrisidagi qonun asosida hibsga olingan. Bu qonun hibsga olingan kişini ikki yilgaça sudsiz qamoqda saqlaş imkonini beradi.
Jammu va Kaşmirdagi tartibsizliklar 5 avgustda Nyu-Dehli bu hududda Jammu va Kaşmir hamda Ladakx ittifoqdoş hududlarini taşkil etişga qaror qilganidan beri davom etmoqda. Ilgari ştat maxsus maqomga ega bölib, qator imtiyozlarga ega edi.












