Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati böyiça matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Özbekiston moliya vazirining birinçi örinbosari Timur Işmetovning aytişiça, valuta kursining özgarişiga hukumat heç qanday sun'iy ta'sirlar körsatişni rejalaştirmayapti.
“Taşqi faktorlardan qoçib qutulib bölmaydi. Markaziy bank, hukumat faqatgina bunday özgarişlarni oldindan prognozlaş va içki holatni moslaştiriş uçun çoralar körişi mumkin.
Kurs tabiiy ravişda özgaradi. U hozir erkin bozor şaroitida. Valuta kursining özgarişiga iqtisodiyotning barometri sifatida qaraş kerak. Barometr körsatayotgan haroratga faqatgina moslaşiş mumkin, barometrning özini özgartirib bölmaydi. Kurs özgarişida hukumat fiskal muvozanatni qat'iylaştiriş, ta'sirlarni minimallaştiriş orqali rol öynaşi mumkin”, - dedi Işmetov.
Öz navbatida, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning aytişiça, Özbekistonda import konvertatsiyasiga heç qanday çeklov qöyilişi közlanmagan.
“Importning yuqori bölişi bizda hozir tabiiy jarayon. Investitsion faollikni oşiriş import hajmini oşirmasdan bölmaydi. Valuta bozorini erkinlaştirganimiz bizdagi mavjud xufiyona importni ham rasmiylaştirişga imkon beradi.
Import mahsulotlarining aksariyatini maşina, asbob uskunalar taşkil etadi. Ularni özimizda işlab çiqariş hali mavjud emas. Demak, import yuqoriligi saqlab qolinadi”, - dedi MB raisi.












