«Qatar SK» özbekistonlik legioneri Sardor Raşidov va boşqa yangi futbolçilarini jamoatçilikka taniştirdi.

28 yoşli hujumçi Doha klubi tarkibiga iyul oyi oxirida qöşilgan edi.
U şu yil yanvarda Portugaliyaning «Nasonal» klubi bilan şartnoma imzolab, jamoa Premer-ligadan ikkinçi divizionga tuşib ketganidan söng bitimini bekor qilgan va Qatarga qaytgan edi.

«Portugaliya çempionatida öynaş orqali Yevropa futboli havosidan nafas olişga erişdim va bundan xursandman. Ana endi bor diqqat-eʼtiborimni «Qatar SK» bilan muvaffaqiyatlarga erişiş va grand klublarga yetarliça qarşilik körsatişga qarataman», – degandi u.
Raşidov 2015-2017 yillarda Dohaning boşqa klubi – «Al-Jaiş»da öynagan, 2017-2019 yillarda esa Toşkentning «Lokomotiv» klubida töp tepgan.

Sardor «Qatar SK»ning mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi örtoqlik öyinlarida uçta töp kiritdi.
Bu klubga iyul oyida ispaniyalik Karlos Alos yangi boş murabbiy etib tayinlangan.
Keça «Qatar SK» Raşidovdan taşqari, kongolik va niderlandiyalik hujumçilar Junior Kabananga va Abdunosir Al-Hayotiyni ham jamoatçilikka taniştirdi.
Ma'lumot uçun, bu klub ötgan mavsumni Yulduzlar ligasida 11-poğonada yakunlab, pley-off bahslari orqali yuqori diviziondagi örnini saqlab qolgan. Jamoa Qatar çempionatining yangi mavsumi ilk turini ertaga, 21 avgust kuni amaldagi vitse-çempion «Al-Duhayl»ga qarşi öz maydonida ötkazadi.

















