Braziliyalik futbolçi Neymar «PSJ»dan «Barselona»ga qaytişga yaqin, deb xabar beradi Kataloniyaning eng yirik RAC1 radiosi.
Manba xabariga köra, tomonlar örtasidagi muzokaralarda oldinga sezilarli siljiş kuzatilgan, ammo hali töliq kelişuv bölgani yöq.
Kataloniya klubi muxlislarning talabini qondiriş uçun allaqaçon «Neymar» yozuvli futbolkalarga buyurtma bergan.
Futbolçi ham muxlislar uçun videomurojaat tayyorlaşga ulgurgan, mazkur murojaat kelişuv tuzilganidan keyin e'lon qilinadi.
Ayni vaqtda Ispaniyaning yana bir klubi «Real» hamda Turinning «Yuventus» klubi ham Neymarga da'vogarlik qilib turibdi.
«Qaymoqranglilar» ham «PSJ» bilan muzokara olib bormoqda. Lekin parijliklar ham, futbolçining özi ham transfer yoz oxirigaça amalga oşirilişini istaydi, ammo futbolçisini qöyib yuborişi uçun parijliklar klubi yetarli darajada taklif kutadi.












