Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi, keçki va sirtqi ta'lim şakli uçun joriy yilgi test sinovlari 29 iyuldan 15 avgustga qadar ötkazildi. Mazkur jarayon Respublikadagi mavjud 60ta oliy ta'lim muassasalari va ularning 30ta filiallari bakalavriatiga talaba böliş istagida hujjat topşirgan abituriyentlar örtasida keçdi.
Bugun, 21 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Davlat test markazi vakillari iştirokida jurnalistlar uçun ötkazilgan brifingda ma'lum qilinişiça, bu yil 1 million 66 ming 925 nafar abituriyentdan ariza tuşgan va ular röyxatdan ötib, ma'lumotlar bazasiga kiritilgan. Bu yil hujjat topşirgan abituriyentlar soni ötgan yildagiga nisbatan 250 ming nafarga köproq böldi. Tanlov böyiça bir öringa 10 nafardan ortiq abituriyent töğri keldi.
Kunduzi va keçki ta'lim şakli böyiça 731 ming 918 nafar, sirtqi ta'lim şakli böyiça esa 335 ming 7 nafar abituriyentdan hujjat qabul qilindi. 979 ming 470 nafar abituriyent test sinovlarida qatnaşişi rejalaştirilgan bölib, şundan 954 ming 75 nafari imtihonda bevosita iştirok etdi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, jarayon vaqtida tartib-qoidalarni buzgan 465 nafar abituriyent sinovdan çetlaştirilgan, noörin xatti-harakati orqali xatolikka yöl qöygan 20 nafardan ortiq guruh nazoratçisi bilan tuzilgan şartnomalar bekor qilingan.
DTM boşqarma boşliği Barno Rajabov nima uçun joriy yilda mandat keçikayotganiga izoh berarkan, joriy yilda har bir abituriyent bir paytda uçta oliy öquv yurtiga hujjat topşirişi ilk marta yölga qöyilgani va şu bois ham mandat test jarayonlari yakunlanganidan söng bir hafta içida e'lon qilinişini ta'kidladi. Şuningdek, u haligaça ayrim imtiyozlarni uçta yönalişda qöllaş tartibi rasman ma'lum emasligi, Farğonadagi «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilari alohida kvotada qabul qilinadimi yoki asosiy kvota içidami, bu ham noaniqligini aytib, mazkur holatlar ham yakuniy natijalar keç çiqarilişiga sabab bölayotganini bildirdi.
Barno Rajabovning qayd etişiça, DTMda ikki kun mobaynida mandatni e'lon qiliş imkoniyati mavjud.
Eslatib ötamiz, 14.05.2019 yildagi Prezident qarori böyiça, test sinovlarining javoblarini e'lon qilişning oxirgi muddati - 22 avgust. Qonun hujjatlarida test sinovlari natijalarini ortga suriş haqida birorta qoida yöq.













