Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, yanvar-iyul oylarida Özbekiston 205,7 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan.
Spot’ning yozişiça, ötgan yilga nisbatan ösiş asta-sekin tiklanmoqda. Masalan, yil boşida çet el avtomobillarini import qiliş hajmi ötgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar köp bölgan bölsa, bahor boşida - 2,2 baravar, yoz boşida u 67 foizgaça tuşdi, hozir esa 72 foizga qadar kötarildi.
Çet el avtomobillari importining umumiy ösişi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy maşinalarni olib kiriş yengillaştirilgani bilan boğliq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va işlab çiqarilgan sanasidan ikki yil ötmagan bölsa, unda unga nol stavkali boj qöllaniladi.
Bundan taşqari, elektromobillar olib kirişga bojxona tölovlari va aksiz soliğining nol stavkalari örnatildi.
Avvalroq, özbekistonliklar «inomarka»larga xarajatlarni kamaytirayotgani xabar qilingandi.












