Vazirlar Mahkamasining “Metanolni taşiş, saqlaş va qöllaşda xavfsizlik qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Xavfsizlik qoidalariga köra, mehnatni muhofaza qilişga oid talablarga rioya etilişi, şu jumladan noqulay va alohida mehnat şaroitlarida işlaganlik uçun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilişi yuzasidan davlat nazorati hamda tekşiruvini mehnatni muhofaza qiliş sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, şuningdek mehnatni muhofaza qiliş sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bölgan boşqa davlat organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etişni, mehnatni muhofaza qiliş masalalarida qonun hujjatlariga rioya etiş böyiça jamoatçilik nazoratini kasaba uyuşmalari va ularning saylab qöyiladigan organlari yoki xodimlarning boşqa vakillik organlari, şuningdek xodimlarning özi mehnatni muhofaza qiliş böyiça vakil etgan şaxslar amalga oşiradilar.
Mehnatni muhofaza qiliş böyiça vakil etilgan şaxsga öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarişi uçun har haftada kamida ikki soat iş vaqti ajratiladi va bu vaqt uçun iş joyi (lavozimi) böyiça örtaça oylik iş haqi saqlanadi.
Xavfli işlab çiqariş obektidan foydalanuvçi taşkilot belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilişi ustidan işlab çiqariş nazoratini taşkil qiladi va amalga oşiradi.
Taşkilotlarda mehnatni muhofaza qiliş borasidagi işlarni taşkil qiliş Özbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi” Qonuni, xavfli işlab çiqariş obektlarida “Xavfli işlab çiqariş obektlarining sanoat xavfsizligi töğrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oşiriladi.
Taşkilotlarda mehnatni muhofaza qiliş böyiça hamda xavfli işlab çiqariş obektlarida işlab çiqariş nazoratini taşkil etiş ma'muriy-jamoatçilik nazorati (uç bosqiçli nazorat) orqali amalga oşiriladi.
Işlab çiqariş faoliyatini amalga oşiruvçi, xodimlarining soni ellik kişi va undan ortiq bölgan har bir taşkilotda mehnatni muhofaza qiliş talablariga rioya etilişini ta'minlaş, ularning bajarilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş maqsadida mehnatni muhofaza qiliş xizmati taşkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qiliş böyiça tegişli tayyorgarlikka ega bölgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bölgan taşkilotda yöl harakati xavfsizligi xizmati ham taşkil etiladi yoki yöl harakati xavfsizligi böyiça mutaxassis lavozimi joriy etiladi.












