Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylaşgan Sangardak şarşarasini bilasizmi?
Sariosiyo tumani markazidan qariyb 52 km uzoqlikdagi sölim göşa dengiz sathidan 2000 metr balandlikda toğlar orasidagi Sangardak qişloği yaqinida joylaşgan.
Şarşara yer sathidan 120 metr balandlikdan, toğ qoyasidan otilib tuşadi, uning suvi yoz fasllarida köpayadi, kuzdan boşlab kamaya boşlaydi. Mahalliy aholining aytişiça, uning zilol suvi toğlardagi muzliklarning erişidan oqib keladi.
Ajib tabiat, salqin şabada bu yerni odamlarning sevimli ziyorat maskaniga aylantirgan. Zilol suvdan tatib köriş va oftob deyarli tuşmaydigan xuşhavo şarşara manzarasini köriş uçun odamlar oqib kelişadi.
Yaqinda şarşara hududi obodonlaştirildi. Bu yerga taşrif buyuruvçilar uçun qulay şaroitlar yaratildi. Qizilsuv daryosi sohili xavfsiz holatga keltirildi. Ayni damda şarşaraga eltuvçi yöllar kengaytirilmoqda va yangi asfalt yotqizilmoqda.
Sangardak şarşarasi sizga muntazir.











