O‘zbekiston | 08:37 / 21.08.2019
2930
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro kinofestivallarga yuborish uchun filmlarni saralash tartibi tasdiqlandi

Kinematografiya sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan Davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan va xorijdan olib kiriladigan filmlar distributsiyasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra Respublika kinoprokat markazi distribyuterlik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.

Markazning asosiy majburiyatlaridan biri zo‘ravonlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi, O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri axborot tarqatish, uning tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarini buzib ko‘rsatuvchi filmlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

Endilikda kinoteatrlarda filmlar Markaz huzuridagi Metodik kengashning tavsiyasi bo‘yicha shakllantiriladigan repertuar reja asosida namoyish etiladi.

Qaror bilan shuningdek, quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;

Xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarga yuborish uchun eng yaxshi milliy va hamkorlikdagi filmlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi.

Mavzuga oid