AQŞ prezidenti Donald Tramp özining TruthSocial sahifasida «AQŞ yangi hududi» degan yozuv bilan Hörmuz böğozi xaritasini e’lon qildi.

Tramp 14-avgust kuni Hörmuz böğozini AQŞ hududi deb e’lon qiliş rejasi borligini ma’lum qilgan edi. Öşanda Oq uy rahbari bu e’lon Eron bilan uruş tugaganidan keyin amalga oşirilişini aytgandi.

Ertasi kuni Eron taşqi işlar vaziri örinbosari Kozim Ğaribobodiy böğozni egallab bölmasligini ta’kidladi. «Hörmuz böğozini na tvit, na aviataşuvçi, na buyruq çiqariş, na saylovoldi nutqi bilan zabt etib bölmaydi», - dedi u.

AQŞ prezidenti sahifasidagi post e’lon qilingaç, Ğaribobodiy Tramp Hörmuz böğozini AQŞ hududi deb atab, adaşayotganini va Eron buni tez orada tuzatişini aytdi. «Tramp abadiy Fors körfazi nomini töğri yozganidek, uning Hörmuz böğozi borasidagi yangliş fikri ham tez orada yo tuzatiladi, yo biz bu adaşgan odamning xatolarini özimiz tuzatamiz», - deb yozdi u özining X sahifasida.

Yaqin Şarqning köpgina mamlakatlarida körfaz Arabiston yoki Arab körfazi deb ataladi. Eron bunday nomlanişga qarşi çiqadi. Fors körfazi - uning an’anaviy geografik nomi bölib, hozirgi Eron joylaşgan qadimgi Fors (Persiya) şarafiga qöyilgan.

Ötgan yilning may oyida The Associated Press ikki amerikalik amaldorga tayanib, AQŞ Fors körfazini Arabiston yoki Arab körfazi deb ataşi haqida xabar bergandi. Keyinroq Tramp Eron bu qadamga «qat’iy e’tiroz bildirişini aniq tuşuntirgani» sababli Fors körfazini Arab körfazi deb qayta nomlaş rejalaridan voz keçdi.