Iqtisodiy rivojlaniş markazi direktori, iqtisodçi Yuliy Yusupov Özbekiston valuta bozoridagi sönggi özgarişlarga izoh berdi.

«Menimça, 2017 yil sentabr oyida valuta bozorini erkinlaştiriş bilan bir vaqtda naqd valutani erkin sotişni joriy etiş kerak edi. Nima uçun bunday qilinmaganligi men uçun haligaça sir bölib qolmoqda. Heç kim bizga aniq tuşuntiriş bermadi. Mening fikrimça, uşbu qaror ortida asossiz stereotiplar va qörquvdan boşqa narsa yöq edi», - deydi u.

Iqtisodçining fikriça, naqd valutani sotişni çeklaş qora bozorda hamon sezilarli aylanmalar saqlab qolinişining muhim sabablaridan biriga aylandi.

«Biroq, uşbu çeklov olib taşlanişi bilan qora bozor yöqolmaydi, uning hajmi biroz qisqaradi. Gap şundaki, qora bozor mavjudligining boşqa sabablari ham bor: ayirboşlaş şoxobçalarining yetişmasligi, ularning işlaşi uçun çeklangan vaqt; ayrim toifadagi tovarlar uçun (masalan, maişiy texnika) yuqori boj tölovlari va import uçun boşqa sun'iy tösiqlar tufayli saqlanib qolayotgan kontrabanda va yaşirin importning katta hajmi», - deya ta'kidlab ötdi iqtisodçi.

Yuliy Yusupovning sözlariga köra, yaqin vaqtgaça Markaziy bank valuta kursi tebranişlarini nazorat etişga harakat qilib keldi. Endi kurs erkin şakllanişga qöyib yuborilmoqda yoki, heç bölmaganda, nazorat yölagi sezilarli darajada kengaymoqda.

«Men ilgari ham Markaziy bankning söm kursining qulaşiga yöl qöymaslik böyiça harakatlari xato ekanini yozgan edim. Biroq, dunyoning deyarli barça Markaziy banklari öz vaqtida bunday xatolarga yöl qöygan. Va xatolardan xulosa çiqargan. Tabiiyki, biz boşqalarning xatolaridan örganmaymiz. Özimiznikidan örganamiz. Heç bölmaganda şunday.

Nima uçun kursni sun'iy ravişda uşlab turiş imkonsiz edi?

Birinçidan, ertami-keçmi uni qöyib yuboriş kerak böladi, öşanda kuçli sakraş yuz beradi (hozir şu kuzatilmoqda). Ikkinçidan, agar devalvatsiya inflatsiyadan ortda qolsa (bu holat ikki yil davomida kuzatildi), unda mahalliy işlab çiqaruvçilar bundan zarar köradi. Bu sömning real ayirboşlaş kursi ösişini anglatadi. Şu bilan birga, mahsulotlarimiz eksporti qimmatlaşmoqda, mamlakatga import esa arzonlaşmoqda. Natijada işlab çiqaruvçilar ikkita zarba olyapti: ularning mahsulotlari ham taşqi, ham içki bozorda raqobatbardoşlikni yöqotmoqda», - dedi iqtisodçi.

Şu bilan birga, u ayirboşlaş kurslarining qisqa muddatli tebranişlarini başorat qilişning iloji yöqligini qöşimça qildi.