Dunyoda hammadan zör ekanini da’vo qilib paydo bölgan SSSR parçalanib, Yer yuzidan yöqolib ketganiga 28 yil böldi. Yurtimizning uluğ bayrami mustaqillik arafasida bu baxtga qanday erişganimiz haqida körsatuvlar beriladi, materiallar e’lon qilinadi. Ularning barçasida bitta sözga tez-tez guvoh bölişimiz mumkin: GKÇP, ya’ni «Gosudarstvennyy komitet po çrezvyçaynomu polojyeniyu». Bu abbreviaturani faqat ma’noli tarjima qilib, «Favqulotda vaziyatlar böyiça davlat qömitasi» kabi talqin qiliş mumkin, ammo uning maşhur qisqartmasini asliça aytgan örinli. Xöş, GKÇP nima edi va u qanday barbod bölgandi?

SSSRning birinçi va oxirgi prezidenti. Gorbaçyovning maqsadi nima edi: hurlik nafasini olib kirişmi yoki imperiyani parçalaş?

Hali bahorda Mixail Gorbaçyov va Gennadiy Yanayev mavzoley tribunasida yonma-yon turardi...

GKÇP haqida gapirganda beixtiyor sobiq ittifoqning birinçi va oxirgi prezidenti Mixail Sergeyeviç Gorbaçyov nomi tilga keladi. Çunki bu taşkilot aynan sobiq ittifoq tarixidagi eng ğalati rahbarlardan biri hisoblangan Gorbaçyov davrida tuzilgandi. 1985 yil kompartiya raisligiga kelgan Mixail Sergeyeviç köp ötmay «qayta quriş» nomi ostida islohotlarni boşlaydi. Uzoq vaqt biqiqlikda işlagan matbuot erkinlaşa boşlaydi. Gorbaçyov vaqtida söz erkinligi aql bovar qilmas darajaga yetadi. Diniy tösiqlar ham asta-sekin olib taşlanadi. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida yoppasiga masjidlar oçiladi. An’analarni çeklaş ham bas qilinadi. Çeklovlarning kamayişi esa ittifoq tarkibidagi respublikalarda mustaqillik harakatlari jonlanişiga olib keladi.

1990 yilga kelib barça mamlakatlar mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilib bölgandi. Çunki Gorbaçyov mamlakatlar xohlagan vaqtida mustaqil bölişi mumkinligi haqidagi ğoyani olğa suradi. 1990 yilga kelib Boltiqböyi mamlakatlari Latviya, Litva hamda Estoniya özini SSSRdan mustaqil davlat deb e’lon qilişi barçasini yanada tezlaştirib yuboradi. Mixail Sergeyeviçning bu «demokratik» siyosati esa SSSR rahbariyatidagi boşqa oriylarga yoqmaydi. Çunki ittifoq tepasida asosan Rossiya qolgan ittifoqdoşlarning «katta oğasi» degan ğoya tarafdorlari ötirişgandi. Bu oriylar çizgan çiziğidan çiqmaydigan 14ta mustamlakani qöldan çiqarişni xohlaşmasdi axir.

1991 yilning avgustiga kelib vaziyat juda murakkablaşib ketadi. «Siyosiy elita» qarasa Gorbaçyov mamlakatni qöldan çiqarib yuboryapti. Oqibatda ular ança vaqtdan buyon taşkillaştirib yurgan işlarini amalga oşirişadi. Qaytib kelganidan söng barça mamlakatlardan SSSRni mustaqil davlatlar kengaşiga aylantiriş töğrisidagi taklifning imzolanişini kutajagini aytib, ta’tilga çiqqan Gorbaçyov 4 avgust kuni Qrimga dam olişga ketadi. U Moskvaga qaytganida endi SSSR rahbari emasdi...