Bugun, 22 avgust kuni Sirdaryo viloyati Guliston şahrida Taşqi işlar, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirliklari hamda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorligida I Xalqaro investitsiya forumi bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda xorijiy davlatlarning Özbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçilari, diplomatik korpus hamda hukumat vakillari, 200 nafardan ortiq xorijiy kompaniya rahbarlari iştirok etmoqda.

Forum hududlarga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, Özbekistonda iqtisodiyotning oçiqligini ta'minlaş va qulay investitsiya muhitini yaratiş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar, xorijiy davlatlarning biznes hamjamiyati va xalqaro taşkilotlar vakillarini hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun mavjud salohiyat va imkoniyatlar bilan taniştiriş maqsadida viloyatda ilk bor taşkil etilmoqda.

Uşbu forumda 200 million dollardan ziyod investitsion va eksport şartnomalarining imzolanişi kutilmoqda. Bundan taşqari, bugungi tadbirda Guliston şahridagi Markaziy yurt bayroği maydonida örnatilgan balandligi 65 metr bölgan Yurt bayroği ramziy kötariladi hamda «Gullar festivali», «Quşlar körgazmasi» va «Qovun sayli» kabi körik tanlovlar ötkazilişi ham rejalaştirilgan.

Şu örinda ta'kidlaş joizki, Sirdaryo viloyatida bugungi kunda 138ta xorijiy hamkorlar iştirokidagi korxonalar öz faoliyatini yuritmoqda. Sönggi vaqtlarda viloyatda özining biznesini yölga qöyiş istagidagi xorijiy va mahalliy tadbirkorlar soni oşib boryapti. Xususan, Xitoy, Rossiya, Italiya, Janubiy Koreya, Qozoğiston, Afğoniston, Birlaşgan Arab Amirligi, Hindiston, Eron va boşqa davlatlarning kompaniyalari vakillari taşrif buyurib, turli sohalarda şaxsiy biznesini olib boriş böyiça kelişuvlarga erişilgan.