21 avgust kuni Andijon şahrida joylaşgan Andijon viloyati köp tarmoqli tibbiyot markazida şifokorlarga bemorning qarindoşi tomonidan suiqasd uyuştirildi. Internetda tarqalgan videoda bemorning yaqini şifokorlar xonasiga benzin sepib, xonaga öt qöyib yuborişga uringani haqida aytilgan. Viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi hodisa böyiça Kun.uz’ga ma'lumot berdi.

«21 avgust kuni Andijon viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bemor A.I.ning öğli tomonidan tibbiyot markazining ortopediya va jarohatlar oqibatlari bölimi xodimlariga tajovuz amalga oşirildi.

Bemor A.I 2010 yilda «umurtqa poğonasi bel qismi osteoxondrozi, 4-5 bel umurtqalararo disk çurrasi» tufayli Andijon Davlat tibbiyot instituti klinikasida xirurgik davolangan. 2017 yil «Bel umurtqalari segmenti nostabilligi» holati yuzaga kelgan. «Pastki paraparez asorati» taşxisi bilan Andijon viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida qayta operatsiya amalga oşirilgan. Operatsiya jarayonida çurrani bartaraf qiliş va umurtqa poğonasi bel qismiga transpedikulyar moslamani örnatiş amaliyoti bajarilgan. Şundan söng uşbu bemor Andijon viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi ortopediya va jarohatlar oqibatlari bölimi xodimi Bobur Şavkatov tomonidan konsultatsiya qilib turilgan. 2019 yilning iyul oyida bemor B.Şavkatov tomonidan qayta körikdan ötkazilgan. Bemorga statsionar davolaniş tavsiya etilgan. Lekin bemor va qarindoşlari Toşkent şahridagi tibbiyot markazlaridan biriga konsultatsiyaga borib kelişga istak bildirişgan.

2019 yilning 19 avgust kuni bemor A.I.ning öğli F. markazga kelib, Bobur Şavkatovga uçraşgan. U onasini Toşkentdagi «AKFA Med line» xususiy klinikasi mutaxassislari körigiga olib borganini, u yerda Fuzuliddin ismli şifokor tomonidan körikdan ötkazilganini aytgan. Bemor öğlining sözlariga köra, «Fuzuliddin ismli şifokor göyoki avvalgi operatsiyalar notöğri qilinganini, xozirda qayta operatsiya qiliş lozimligini, uşbu operatsiyalarni respublikamiz mutaxassislari amalga oşira olmasligi, şuning uçun Germaniya Federativ Respublikasidan mutaxassis çaqirgan holda operatsiya qiliş kerakligini uqtirgan».

F.ning sözlariga qaraganda, bemor bilan Respublika ixtisoslaştirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markaziga körikka borişgan. U yerda bemor mutaxassislar tomonidan körilib, xozirgi bezovta qilayotgan holatga sabab bel qismidagi operatsiyalar emas, balki umurtqa poğonasining kökrak qismidagi sariq boğlamning gipertrofiyalangan qismi orqali orqa miya ezilişi natijasida röy berayotgani sabab qilib keltirilgan. Ular tomonidan umurtqa poğonasining kökrak qismida operatsiya qiliş lozimligi aytilgan.