Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatida davlat-xususiy şeriklik asosida uruğçilik klasterini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Uruğçilikni rivojlantiriş markazi va Jizzax viloyati hokimligining Jizzax viloyati Paxtakor tumanida taşkil etilgan mas'uliyati çeklangan jamiyati şaklidagi “Semrug Claster” korxonasi faoliyatini davlat-xususiy şeriklik asosida uruğçilik klasteri sifatida yölga qöyiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

Bunda Markaz davlat şerigi sifatida, “Semrug Claster” mas'uliyati çeklangan jamiyati xususiy şerik sifatida iştirok etişi belgilab qöyiladi.

Jizzax viloyati hokimligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, “Semurğ” va “Kuzgi xirmon” köp tarmoqli fermer xöjaliklarining uşbu fermer xöjaliklariga ijaraga berilgan 216 gektar yer maydonlarini “Semrug Claster” mas'uliyati çeklangan jamiyatiga uruğçilik klasterini yuritiş uçun ijara asosida ajratib beriş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Belgilanişiça, uruğçilik klasteri uçun ajratilgan yer uçastkalaridan oqilona foydalanilmaganda yoxud tuproq unumdorligining pasayişi, kimyoviy va radioaktiv ifloslanişi, atrof-muhitning buzilişi, respublika hududiga karantin obektlarining kirib kelişi va tarqalişiga olib kelinganda, şuningdek, amaldagi qonunçilik talablari bajarilmagan taqdirda yer uçastkasiga egalik qiliş va undan foydalaniş huquqi qonun hujjatlari talablariga muvofiq bekor qilinadi.

“Özpaxtasanoat” AJ, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda 2019 yil uçun paxta xomaşyosi hosili uçun “Semurğ” va “Kuzgi xirmon” köp tarmoqli fermer xöjaliklari bilan “Özpaxtasanoat” AJ tizimidagi paxta tozalaş korxonasi örtasida tuzilgan kontraktatsiya şartnomalarini bekor qilib, fermer xöjaliklarida ekilgan uruğlik paxta xom-aşyosini qabul qiliş böyiça “Semrug Claster”mas'uliyati çeklangan jamiyati bilan şartnomalarni Online tizimi asosida rasmiylaştirilişini hamda xomaşyoni belgilangan tartibda qabul qilinişini ta'minlaydi.

“Semrug Claster” mas'uliyati çeklangan jamiyat Markaz bilan hamkorlikda:

ösimliklarning mahalliy va xorijiy navlarini joylaştiriş, ilmiy asoslangan tarzda almaşlab ekiş, öz mahsulotlarini sotiş, eksport qilişni qonunçilikda belgilangan tartibda taşkil etadi;