PSV hujumçisi Irving Losano «Napoli» futbolçisiga aylandi.

Neapolliklar klubi rasmiy sayti uşbu 24 yoşli futbolçini transfer qilgani haqida e'lon qilgan. 

Losanoning transfer «Napoli»ga 40 million yevroga tuşadi. Bu klub uçun rekord darajadagi transfer böldi. PSV bu mablağning 20 foizini futbolçining sobiq klubi «Paçuka»ga ötkazib beradi. Transfer uçun futbolçining agenti Mino Rayola 5 million yevro miqdorida komissiya puli oladi.

Meksikalik futbolçi «Napoli» bilan 5 yillik şartnomaga imzo çekdi. OAV ma'lumotiga köra, Losano yangi klubida yiliga 4,5 million yevro miqdorida maoş oladi.

Losano 2017 yilda PSV a'zosiga aylandi. Niderlandlar uni «Paçuka»dan 8 mln yevro evaziga xarid qilgandi. Losano Meksika terma jamoasi safida 35 öyinda maydonga tuşib, 9 gol muallifi bölgan.

Losano Niderlandiya çempionatining ötgan mavsumida 30 uçraşuvda maydonga tuşib, 17 gol urgan va 12 golga uzatma bergan.