Vazirlar Mahkamasining “Toşkent viloyati Parkent tumanida Parkent sel suv omborini quriş loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, boş loyiha taşkiloti “Özsuvloyiha” AJ tomonidan 8,4 mln kub m. hajmdagi sel suv ombori qurilişi nazarda tutilgan “Toşkent viloyati Parkent tumanida Parkent sel suv omborini quriş” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi işlab çiqilgan.

“Toşkent viloyati Parkent tumanida Parkent sel suv omborini quriş” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari bilan tasdiqlanadi.

Loyihani amalga oşiriş muddati 2022 yil 1 dekabr qilib belgilanişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi boş loyiha taşkiloti “Özsuvloyiha” AJ bilan birgalikda 2020 yilning 1 fevraliga qadar tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisobga muvofiq işçi hujjatlar sifatli işlab çiqilişini hamda vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinişini ta'minlaydi.

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq talab etiladigan kapital qöyilmalarni buyurtmaçi va boş loyihaçi tomonidan taqdim etilgan aniq hisob-kitoblar asosida:

Özbekiston Respublikasining 2019 yilga möljallangan Investitsiya dasturi parametrlari doirasida Suv xöjaligi vazirligiga qöşimça ajratiladigan mablağlar hisobidan;

2020 – 2022 yillarda Özbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini şakllantiriş jarayonida ajratilişini nazarda tutadilar.

Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi loyiha doirasida amalga oşiriladigan quriliş-montaj işlarining sifati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat örnatadi.

Belgilab qöyilişiça, Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri Ş.R. Hamroyev hamda Toşkent viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi R.Q. Xolmatov loyihani amalga oşiriş uçun Davlat budjetidan ajratiladigan mablağlardan maqsadli va oqilona foydalanilişi hamda barça zarur şart-şaroitlar yaratilişi, şuningdek, loyihaning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişi uçun şaxsan javob beradilar.