2019 yilning 19 avgust kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov boşçiligidagi delegatsiya Songdo şahrida (Koreya Respublikasi) Yaşil iqlim fondi (YaIF) ijroçi direktori örinbosari Xaver Mansanares bilan muzokaralar ötkazdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
YaIF rahbariyati 2017-2019 yillardagi Özbekiston bilan hamkorlik yakunlariga ijobiy baho berdi. Xususan, sönggi yillarda Özbekiston YaIFda akkreditatsiya qilingan taşkilotlar bilan birgalikda grant manbalarini jalb qiliş uçun Fondga bir qança hayotiy va öta dolzarb loyihalarni kiritgani qayd etildi. Ta'kidlanganidek, qiymati 19 mln AQŞ dollariga baholangan Özbekiston, Tojikiston va Jahon bankining birgalikdagi «Orol dengizi havzasida iqlim özgarişiga moslaşiş va uning oqibatlarini yumşatiş dasturi» şu kabi loyihalardan biri böldi.
Uçraşuvda Orol fojiasining oqibatlari global muammoni yuzaga keltirişi e'tirof etildi. Orol dengiziga turli yillarda taşrif buyurgan va fojia kölamini öz közi bilan körgan BMTning sobiq va hozirgi rahbarlari Pan Gi Mun va Antoniu Gutteriş suv havzasining yöq bölişini «davrimizning eng katta ekologik halokati» deb baholagan edilar.
«Özbekistonda iqlim özgarişiga moslaşiş uçun tabiiy ofatlar xavfini boşqariş tizimini takomillaştiriş va ularga javob qaytariş» va «Özbekistonda iqlimga mos keluvçi meva-sabzavot mahsulotlarini işlab çiqarişni ta'minlaş uçun agrometeorologik xizmatlarni rivojlantiriş» loyihalarini körib çiqiş va tasdiqlaşning borişi yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda kelgusidagi hamkorlikning kun tartibi kelişib olindi va Özbekiston uçun grant manbalarini ajratiş uçun loyiha hujjatlarini körib çiqiş jarayonining protsessual jihatlari borasida maslahatlaşuvlar ötkazildi.
Özbekiston delegatsiyasi boşliği Yaşil iqlim fondi rahbariyatini 2019 yil 25 oktyabrda Nukus şahrida bölib ötadigan Orolböyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilişga bağişlangan BMT şafeligidagi yuqori darajadagi Xalqaro konferensiyada iştirok etişga taklif etdi.












