AQŞ Moliya vazirligi zudlik bilan BMT Yaşil iqlim fondidan çiqişini e’lon qildi. Vaşington taşkilotni moliyalaştirişdan boş tortdi.
AQŞ moliya vaziri Skott Bessent Yaşil iqlim jamğarmasini «radikal taşkilot» deb atadi. Uning sözlariga köra, jamğarmaning maqsadlari «arzon va işonçli energiya iqtisodiy ösiş va qaşşoqlikni kamaytiriş uçun fundamental ahamiyatga ega» degan haqiqatga ziddir.
Vazirlikning qayd etişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati iqtisodiyotning ösişiga yordam beradigan barça energiya manbalarini rivojlantiriş niyatida.
«Yaşil iqlim fondida bundan buyon ham iştirok etiş Tramp ma’muriyatining ustuvorliklari va maqsadlariga mos kelmasligi tan olindi», deyiladi xabarda.
Yaşil iqlim jamğarmasi (Green Climate Fund) – BMT Doiraviy konvensiyasi tomonidan taşkil etilgan global iqlim jamğarmasi. Uning faoliyati iqlim özgarişi muammolarini hal qilişda mamlakatlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Avvalroq Tramp AQŞ 66 ta xalqaro taşkilotdan çiqişi töğrisidagi memorandumni imzolagan edi. Şundan 31 tasi BMT tuzilmalaridir. Oq uyning aniqlik kiritişiça, taşkilotlar «endi Amerika manfaatlariga xizmat qilmayapti».
2025 yil sentabrida Tramp BMTni dunyo mojarolarini hal qilişda harakatsizlikda aybladi. Uning sözlariga köra, xalqaro taşkilot faqat «juda keskin iboralar bilan» xatlar yozadi, keyinçalik ularni amalga oşirmaydi.












