2019 yil oxirigaça har bir viloyatda kamida bittadan konsalting kompaniyalar faoliyati yölga qöyilişi mumkin. Xorijiy investitsiyalar oqimini oşiriş maqsadida taşkil etiladigan bu kompaniyalar investorlar uçun turli xizmatlarni taklif etadi.

Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Senat yalpi majlisida konsalting kompaniyalar mavzusini kötarib, «kerak bölsa çetdan mutaxassislarni pulga olib kelib bölsa-da» ularni taşkil qiliş zarurligini ta'kidladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Bitta misol. Qöşni Qozoğiston 700ta konsalting kompaniya xorijdan kelayotgan investorlarga ularning hujjatlarini rasmiylaştiriş, ularga soliq haqida axborot beriş, logistika masalalarini yeçiş uçun xizmat körsatyapti va buning uçun pul olyapti.

Bizda sanoqli konsalting kompaniyalar bor. Aniqroği, 35ta deyişyapti, lekin bilmayman ularning hammasi konsaltingmi-boşqami. Barçasi – Toşkentda. Viloyatlarda zamonaviy konsalting kompaniyalari yöq.

Bir narsani tuşunişimiz kerak. Prezidentimiz viloyat rahbarlarini çet ellarga yuboryaptilar. Körib bilyapsizlarki, xorijiy investorlar davlat organlari bilan bevosita aloqaga unça moyillik körsatmaydi. Ular öziga mos kelgan xususiy kompaniyalar bilan hamma masalasini yeçiş tarafdori.

Ular yomon köradi vazirlikka borişni, hokimiyatlar eşigining oldida sarğayib turişni... Ularga pulini tölab, konsalting kompaniya hamma masalasini hal qilib berişi kerak.

Kerak bölsa davlat-xususiy şerikçilik asosida şu yilning oxirigaça har bir viloyatda heç bölmasa bittadan konsalting kompaniyani tuzişni harakatini qilişimiz kerak. Buni qilmasak, biz joylarda investitsion infratuzilma barpo etdik, deyişga hali erta böladi», – deya qayd etib ötdi Sodiq Safoyev.