Hududlarga investitsiyalarni jalb qiliş mahalliy organlarning bu boradagi vakolatini kengaytirişni taqozo etadi, deb hisoblaydi Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev.

Siyosatçi mazkur taklifni Senatning 21-yalpi majlisidagi ma'ruzasida ilgari surdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Xalqaro tajriba şuni körsatadiki, hududlarga investitsiya oqimini oşirişning eng samarali usullaridan biri – hokimiyatlarga ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yuqori bölgan, şu hudud uçun kerak bölgan investitsiyaviy loyihalarni hammoliyalaştiriş («sofinansirovaniye») huquqini beriş kerak. Bundan qörqiş kerakmas.

Qozoğistonda bor bu. Janubiy Koreyada, Xitoyda ham bor. Bizda ham joriy etiş, menimça, foydadan xoli bölmaydi.

Soliq tizimida amalga oşirilgan islohotlar natijasida bugungi kunda katta miqdordagi mablağlar viloyatlarda qolmoqda. Yanglişmasam, şu yilning yarmi böyiça ham 1,5 marotaba köproq – 2,5 trillion söm hududlarda qolyapti. Bu – katta mablağ.

Ulardan tizimli foydalangan holda viloyatlarimiz investorlarni jalb qiliş uçun hududiy rivojlaniş fondini ta'sis etsak, birgalikda ular moliyalaştirsa, şunda investor keladi. Şunda investor işonadi.

Bu – xalqaro tajriba. Har bir loyihaning uçdan bir qismi investorning öz mablağlari, uçdan bir qismi birgalikda işlaydigan hamkori va uçdan bir qismi bankdan olinadigan kreditlar. Bu amaliyotdan bizda ham foydalaniş kerak.

Vazirlar Mahkamasi bu masalani örganib çiqib, xalqaro tajribani örgangan holda hokimlarga – kengaşlar bilan birgalikda – şunday huquqni bersa, menimça, hammamiz uçun töğri böladi. Bu – markazsizlaştirişning yönalişlaridan biri», – dedi Safoyev.