Bugundan Italiyada navbatdagi çempionatga start beriladi. Mavsum oraliğida bir qator e'tiborli transferlar qayd etildiki, bu turnirning yanada qiziqarli bölişini ta'minlaşi turgan gap. Internet tarmoqlarida uşbu musobaqa uçun eng qisqa prevyuga közimiz tuşib qoldi. Har bir jamoa uçun juda qisqa, bitta tvitga jo böladigan fikrlar berilgan. Marhamat.

«YuVeNTUS». Sarri keldi, uç nafar top erkin agentlar tarkibga qöşildi, De Ligt sotib olindi va har doimgidek yana bir marta A Seriya va Çempionlar Ligasini yutişga harakat qilişadi. Çempionat masalasida odatdagidek, hammasi tuşunarli.

«NAPOLI». Manolasni sotib olib, A Seriyadagi eng kuçli himoya çiziqlaridan biriga ega bölişdi.

«ATALANTA». Tarixda ilk marotaba Çempionlar Ligasida öynaş uçun tayyorgarlik körişyapti.

«INTeR». Tarkib Antonio Kontening talablariga köra, butunlay yangilandi. Ammo asosiy vazifa hali bajarilmadi – Mauro Ikardi hali ham jamoada. 

«MILAN». Yangi murabbiy Marko Jampaoloning ğoyalari va rejalari hozirça rahbariyatga yoqyapti.

«ROMA». Ikki afsona tark etdi: De Rossi «Boka»ga yöl olgan bölsa, Tottini endi mehnat birjasida uçratib qolişimiz mumkin.

«TORINO»: Ançadan buyon Çempionlar Ligasi yöllanmasini orzu qilişadi. Agar yozda heç qaysi yetakçi futbolçi tark etmaganini e'tiborga olsak, imkoniyat oşgan bölişi mumkin.

«LATsIO». Top-klublar bu safar ham Milikoviç-Saviçga e'tibor qaratmadilar.

«SAMPDORIYa». Ajoyib murabbiy tark etdi, ammo Di Françesko ham yomon emas, unga ham işonsa böladi. Asosiy pleymeyker Prat ham «Lester»ga ketib qoldi, ammo yana xavotirga örin yöq – Fabio Kvalyarella ham şu yerda.