Tokioda ötkazilayotgan dzyudo böyiça jahon çempionatining birinçi kunida özbekistonlik dzyudoçilar muvaffaqiyatli iştirok etişmoqda. 

- 60 kilogramm vaznda kuraşayotgan Özbekiston vakillari bahslarni ikkinçi davradan boşlaşdi.

Şarofiddin Lutfillayev dastlab Xalqaro dzyudo federatsiyasi bayroği ostida qatnaşayotgan Muhammad Raşnonezxadni, Diyorbek Örozboyev esa amerikalik Adonis Diasni qiyinçiliksiz mağlub etdi. Uçinçi davrada esa Lutfillayev kuvaytlik Omar Alsufayrini ippon bahosi bilan mağlub etgan bölsa, Örozboyev çexiyalik David Pulkrabekka heç qanday imkoniyat qoldirmadi. 

Özbekiston vakillari çorak finalga çiqiş uçun Tayvan (Xitoy Taypeyi) va Avstraliya terma jamoasi a'zolariga qarşi bahs olib borişdi. Bu bosqiçda Diyorbek Yung Vei Yangni, Şarofiddin Joşua Katsni mağlub etdi.

Diyorbek Örozboyev Çorak finalda Tayvan (Xitoy Taipeyi) vakili Y. Yangga imkoniyatni boy berib, medallar uçun kuraşni erta tark etdi.

Şarofiddin Lutfillayev esa bu bosqiçda 3 karra va amaldagi jahon çempioni yaponiyalik Naoxisa Takatoni mağlub etişning uddasidan çiqdi va yarim finalga yöl oldi.

Yarimfinalda qozoğistonlik Gusman Kirgizbayevga qarşi bahs olib borgan Lutfillayevning 1:40 daqiqada bajargan uçi-mata usuli final eşigini oçdi.

Endi uning oltin medal uçun keçadigan bahsdagi raqibi raqibi gruziyalik Luxumi Çxvimiani hamda yaponiyalik Ryuju Nagayama örtasidagi bellaşuvdan söng aniqlanadi.