Kun.uz tahririyati bugungi ilm-fan muammolari, tadqiqotçilarga yaratilgan şaroitlar, tizim muammolari, innovatsion loyihalar va ularning amaliy ahamiyati haqida turkum suhbatlarini davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoşimiz fizika-matematika fanlari nomzodi Erkinjon Karimov böldi. Erkinjon Karimov jahon ilmiy jamoatçiligi e'tirofiga sazovor bölgan özbekistonlik taniqli olimlardan hisoblanadi. Hozirda ÖzFA Matematika instituti katta ilmiy xodimi sifatida işlab kelmoqda.

— Ilmiy faoliyatingiz sabab çet elda köp bölasiz. U joylarda Fanlar akademiyasi tizimi qanday yölga qöyilgan?

— Ikki qit'adan misol keltiraman. Biri Yevropada joylaşgan Avstriya Fanlar akademiyasi bölsa, ikkinçisi Osiyoning lider davlati - Xitoy Fanlar akademiyasidir.

Avstriya FA 1847 yilda taşkil topgan bölib, hozirda 28ta ilmiy tadqiqot institutini öz içiga olgan va 1500dan ortiq olimlar faoliyatini moliyalaştiradigan, koordinatsiya qiladigan katta taşkilotdir. Moliyalaş asosan davlat hisobidan bölib, ilmiy tadqiqot institutlari ilm-fanning zamonaviy tendensiyalariga qarab tadqiqot yönalişlarini özgartirib turadi. Bu uzluksiz jarayon va unda yoş olimlar muhim rol öynaydi. Yangi yönalişlarni özlaştiriş uçun olimlarni oylik maoşlari saqlangan holda uzoq muddatli stajirovkalardan foydalanişadi. Akademiyaning yillik budjeti 100 mln yevrodan ortiq. Yana bir e'tiborga molik jihati «kuçli miya»lar uçun alohida dasturlar işlab çiqilgan va yaxşi moliyalanadi. Bu dasturlar içiga ayol olimlarni qöllab-quvvatlaş ham kiradi.

Xitoy FAga keladigan bölsak, bu taşkilot 1949 yilda mavjud ilmiy tadqiqot institutlari negizida taşkil topgan. Köp ötmay dunyoning turli ilmiy markazlarida faoliyat yurituvçi 200 nafar xitoylik olimning vatanga qaytişi va FAning fanning zamonaviy yönalişlarida faoliyat yuritişi bunda katta rol öynagan. XFA Xitoyning rivojlaniş dinamikasida muhim rol öynaydi. 100dan ortiq ilmiy tekşiriş institutlari, 5ta universitet va turli markazlar, 20dan ortiq turli holding kompaniyalarni öz içiga olgan XFA nafaqat Xitoy, balki dunyoning boşqa mamlakatlariga ham fan va texnologiyalar sohasida mutaxassis kadrlar yetiştirib berişda oldingi örinlarda turibdi.

XFAning öziga xos jihatlari köp, jumladan, ilmiy tekşiriş institutlari uçun kadrlar yetiştirib beriş borasida samarali tizim yölga qöyilgan. XFA universitetining (University of Chinese Academy of Sciences) özi 44 mingdan ortiq magistrant va PhD’lar zamonaviy bilim olişlariga şaroit yaratiş bilan birga, bevosita FA ilmiy-tadqiqot institutlarida olingan bilimlarni tajriba orqali mustahkamlaşlarini ta'minlayapti. Bu universitetda 1000 nafardan ortiq xalqaro talabalar ham tahsil oladi. Bundan taşqari, 600dan ortiq bakalavr bosqiçidagi talabalar ham borligi, universitet kadrlar tayyorlaş darajasini borgan sari mukammallaştirib borayotganidan darak beradi.