Bu yil 1,5 millionga yaqin abituriyent oliy ta'lim oliş uçun xujjat topşirdi. Qabul qilinadigani – taxminan 150 ming. Bundan taşqari, kunda-kunora reklamalarga közimiz tuşmoqda: Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikistondagi OTMlar ham özbek yoşlarini «ovlaşga» tuşib ketdi.

Xabaringiz bor, joriy yil avvalida qöşni davlatlarda öqiyotganlarni qaytariş böyiça (şoşilinç qilingan bölsa-da) yaxşi qaror qabul qilindi. Ijroni yaxşi eplolmadik, nazarimda. Undanam açinarlisi, yurtdoşlarga bir yolğon umid berib qöydik. «Bu yil qöşni davlatda öqib tursak, keyingi yili özimizga köçirib olamiz», deb imtihonsiz qabul qilayotgan turli qöşni davlatlar universitetlariga öqişga kirayotgan yurtdoşlarimiz soni kundan kunga köpaymoqda.

Har bir talaba böliş orzusidagi yurtdoşimiz 1000 dollardan tölov qilsa ham, 100 ming odam qöşni davlatda öqigan taqdirda 100 mln dollarni şundoq qöşni davlatlarga çiqarib beryapmiz. Imtihonsiz qabulni reklama qilaëtgan OTMlarda ta'lim sifati yuqori bölsa ham mayli edi.

Men hozir öqişga kira olmaganlarning 1/10 qismi haqida gapirdim, xolos. Raqam 5 barobar ëki undanam ham köp bölişi mumkin. Şunda faqat öqiş tölovi uçungina yarim milliard dollarni «sovğa» qilayotgan bölamizmi?

Vaholanki, bu yil aksariyat universitetlar onlayn ta'lim bermoqçi. Hali yurtdoşlarimiz u universitetlarga borib öqişni boşlasa, qança mablağlar çetga oqib ketişini tasavvur qilavering. Ming azob bilan topilgan bu pullar oliy ta'limni taşkil qilişni eplolmaganimiz sababli yana çetga çiqib ketaverişi ustida, albatta, mas'ullar boş qotirişi şart.

Xöş, nima qilişimiz kerak?

Avvalo, xususiy OTMlar oçilişi va faoliyat yuritişi uçun yagona qonun yaratilişi şart. Turli qonunosti hujjatlari orqali bir töda şaxslar tomonidan bu jaraën manipulyatsiya qilinişiga yöl qöyilmasligi lozim. Har bir xususiy universitet uçun Vazirlar Mahkamasi qarori çiqarilib, şubhali tarzda yerlar, binolar berilişi töxtatilişi zarur.

Biz ayni paytda xususiy OTMlar uçun juda ham jozibador bozormiz. Barça uçun barobar işlaydigan qonuniy asos yaratişning özi kifoya.