Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasi ma'lumotiga köra, 2019 yilning 22 avgust kuni uşbu şahardagi şam zavodida yuz bergan yonğin oqibatida 2 kişi, jumladan Özbekiston fuqarosi A.O. jarohatlandi.
Taşqi işlar vazirligi ma'lumotida aytilişiça, ular I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Kuyiş natijasida jarohat olgan hamyurtimizning ahvoli oğir.
Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va huquqni muhofaza qiliş organlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqa örnatgan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatişiça, Rossiyaning Şimoli-ğarbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg şahri, Vologda oblasti) hududida joylaşgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkin: +7-965-029-41-49.












