Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni «Şarq taronalari» ön ikkinçi xalqaro musiqa festivalining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdi va nutq sözladi.

Davlat rahbari mehmonlarni mamlakatimizda körişdan mamnunligini bildirib, yiğilganlarni mazkur ayyom bilan muborakbod etdi.

Uşbu anjuman turli sivilizatsiyalar, xalqlar va millatlar örtasida öziga xos madaniy hamkorlik hamda muloqot maydoniga aylanganini, Registon maydoniga qadam qöygan har bir san'atkor, millati, tili va dinidan qat'i nazar, başariyat farzandi sifatida dillarni dillarga, ellarni ellarga boğlaşini ta'kidladi. 

Assalomu alaykum, 

Aziz vatandoşlar, 

Muhtaram mehmonlar!

Hurmatli festival qatnaşçilari!

Xonimlar va janoblar!

Bugun siz, azizlar bilan gözal Özbekiston diyorida, “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqand şahrida körişib turganimdan baxtiyorman.

Barçangizni “Şarq taronalari” ön ikkinçi xalqaro musiqa festivalining tantanali oçilişi bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.

Mana, yigirma ikki yildirki, biz bu festivalni YuNeSKO rahnamoligida ötkazib kelmoqdamiz. 

Bugun uşbu taşkilotning Boş direktori Odri Azule xonim yurtimizga şaxsan taşrif buyurib, anjumanimizga alohida fayz va kötarinki ruh bağişlagani uçun samimiy minnatdorçilik bildiraman. 

Şuningdek, tantanamizda qatnaşayotgan faxriy mehmonlarimiz Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Ijroiya qömitasi raisi Sergey Lebedevga, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining madaniyat masalalari böyiça maslahatçisi Vladimir Tolstoyga, Qozoğiston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aqtöti Raimqulovaga, Qirğiziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vaziri Azamat Jamanqulovga, Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri Şamsiddin Orumbekzodaga, Turkmaniston Madaniyat vaziri Atageldi Şamuradovga, Bangladeş Xalq Respublikasi Madaniyat vaziri Muhammad Xolidga, Butan Qirolligi Madaniyat va içki işlar vaziri Şerub Gyyel-tşenga, Polşa Respublikasi madaniyat va milliy meros vaziri örinbosari Pavel Levandovskiga, Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar Palatasi a'zosi Muhammad Iltof Şayxga, Belarus Respublikasi Milliy Majlisi senatori Yekaterina Dulovaga, Yaponiyaning Nara şahri meri Moto-nobu Naka-gavaga, Koreya Respublikasi Andong şahri meri Kvon Yong-sega, Lal Bahodur Şastri instituti raisi, Hind-özbek döstlik aloqalari kengaşi prezidenti Anil Şastriga, xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlarning Özbekistondagi muhtaram elçilari va vakillariga, festivalimizni jahon miqyosida yoritiş maqsadida yurtimizga kelgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga çuqur taşakkur izhor etaman.