Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni «Şarq taronalari» ön uçinçi xalqaro musiqa festivalining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdi.
Davlat rahbari nutqining avvalida mehmonlarni körişdan mamnunligini bildirib, ularga özbek xalqi salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. «Şarq taronalari» festivali, mohiyat e’tiboriga köra, bugungi kunda «jahon taronalari» anjumaniga aylanganini ta’kidladi.
- Ötgan davr mobaynida Samarqandning yulduzli osmoni ostida qançadan-qança sehrli navolar, hayotbaxş ohanglar yangradi. Köhna Şarq bağrida tuğilgan musiqiy qadriyatlar anjumanimiz tufayli xalqaro miqyosda keng e’tibor va e’tirof qozondi. Festival önlab mahoratli xonanda va sozandalarni, iste’dodli yoşlarni kaşf etdi, ularning parvoziga qanot, ijodiga kuç va ilhom bağişladi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.


Bunday anjumanlar Özbekistonning jahon ahlini tinçlik-totuvlikka, qardoşlik va ahillikka çaqiradigan ezgu da’vati ekani qayd etildi.
- Notinç va tahlikali zamonda azaliy qadriyatlarni, odamiylik qiyofasini saqlab qoliş tobora muşkul bölib bormoqda. Mana şunday murakkab vaziyatda ilohiy sarçaşmalardan quvvat olib, vaqt va makon çegaralari oşa gumanistik ideallarni tarannum etadigan asl san’at, musiqa va adabiyot xaloskor kuç bölib maydonga çiqişi zarur, - dedi prezident.
Davlat rahbari festival tarixi va musiqa madaniyatiga doir ma’lumotlarni özida mujassam etadigan alohida ensiklopediya va uning virtual şaklini yaratiş, anjumanning xalqaro «Döstlar klubi»ni taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi. Festivalning ğolib va sovrindorlari iştirokida dunyo mamlakatlarining nufuzli sahnalarida konsert dasturlarini ötkaziş taklifi bildirildi.
Marosimda YuNeSKO, TURKSOY, Turkiy madaniyat va meros fondi, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi va boşqa taşkilotlardan faxriy mehmonlar iştirok etdi. Umuman, bu yilgi festivalda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ziyod san’atkor va olimlar qatnaşdi.














