Samarqand şahrida 12-marta taşkil etilgan «Şarq taronalari» xalqaro musiqiy festivali yakunlandi. Festivalning oxirgi kunida ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Unga köra 3 ta jamoa uçinçi, 2 ta jamoa ikkinçi, 2 ta jamoa birinçi örinni qölga kiritdi. Gran-pri esa bitta jamoaga nasib qildi.
Tojikistonning «Badaxşon», Rossiyaning «Ayarxan» jamoalari hamda özbekistonlik Azizjon Abduazimov va Uluğbek Elmurodzoda dueti uçinçi örinni qölga kiritdi. Ularga maxsus mukofot bilan birga 2 ming AQŞ dollaridan pul mukofoti berildi.
Möğulistonning «Xatan» va Turkmanistonning «Arçabil» jamoasi ikkinçi örinni egallab, maxsus sovrin hamda 3,5 ming AQŞ dollaridan mukofot olişdi. Birinçi öringa ozarboyjonlik Parviz Gasimov hamda Qirğizistonning «Qomuzçilar» guruhi munosib körildi. Ularga 5 ming AQŞ dollaridan pul mukofotlari berildi.
Gran-pri özbekistonlik Mehrinigor Abduraşidovaga nasib qildi. Özbekistonlik san'atkor 10 ming AQŞ dollari bilan mukofotlandi. Şuningdek qöşimça nominatsiyalarda ham ğoliblar taqdirlandi. «Mehr-oqibatni tarannum etgani uçun» sovrini Estoniyaning «Ruut» guruhiga nasib qildi. «Musiqa san'ati jonkuyari» yönalişida Hindistonning «Debapriya va Samanvaya» guruhi ğolib böldi.
Eronning «Xaray» ayollar jamoasiga «An'analarga sodiq qolganiligi uçun» maxsus sovrin berildi. «Qadriyatlar davomçisi» nominatsiyasida Qozoğistonning «Babalar sazi» guruhi birinçi böldi. Samarqand şahar hokimligining maxsus sovrini AQŞlik «Xenxauz Prouvlers» guruhiga nasib qildi. Bu nominantlarga 500 AQŞ dollaridan mukofotlar berildi.
Kun.uz fotomuxbiri festival yopilişini Samarqanddagi Registon maydonida kuzatdi. Quyida «Şarq taronalari» yopiliş marosimidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.








































