Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bölayotgan mavzu — Samarqand şahridagi mahallalardan birida itlar zaharlab öldirilişi voqeasi bölmoqda. Bu mavzu xonadonlarning birida örnatilgan videokamerada qayd etilgan tasvirlar internetda tarqalgaç muhokamalar markaziga çiqdi.
Gap şundaki, 29 avgust kuni noma'lum şaxslar «Istiqbol» mahallasidagi it boqiladigan uylarning eşiklari tagida margimuş bilan zaharlangan sosiskalarni taşlab ketgan. Şuningdek, tasvirlarda zaharlanib, jon talvasasida qolgan itlarni köriş mumkin.

Bugungi kunda qarovsiz itlarni tutiş bilan joylarda obodonlaştiriş boşqarmasi mutaxassislari şuğullanişadi. Samarqand şahar obodonlaştiriş boşqarmasi bölim boşliği Jahongir Pirmatov videodagi uylar oldiga zaharli ozuqa qöyayotgan odam ularning xodimi emasligini bildirdi. Şu bilan birga, boşqarma tomonidan itlarni zaharlaş amaliyoti ötkazib turilişini ham tasdiqladi. Jumladan, Samarqandda ötkazilgan «Şarq taronalari» festivali oldidan şaharda aholi soğliğiga xavf tuğdirişi mumkin bölgan önlab itlar zaharlab öldirilganini ma'lum qildi.
«Ammo biz aholi punktida emas, köproq dala, keng hududlar, qabristonlar kabi itlarni tutiş qiyin bölgan joylarda ularni zaharlaşga majbur bölamiz. Ba'zan aholi punktlarida ham qarovsiz itni tutiş imkoni bölmagan holatda uni zaharlaşga töğri keladi. Ammo bu nazorat ostida bölib, agar it zaharli ozuqani iste'mol qilmasa, ularni yana qaytadan yiğiştirib olamiz», deydi şahar obodonlaştiriş boşqarmasi xodimi.
Samarqand viloyati IIB videoda tasvirlangan, itlarni zaharlagan şaxs kim ekani hozirça noma'lumligini ma'lum qildi. Viloyat veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasi mas'ullari esa itlarni öldiriş bilan şuğullanmasligi, aksinça, ularni davolaş, röyxatga oliş va öz vaqtida emlab boriş kabi vazifalar bilan şuğullanişini ta'kidladi.
Aslini olganda qarovsiz va daydi itlar masalasi ötgan oyda viloyat hokimligida bölib ötgan yiğilişda ham kötarilgan. Viloyat uy-joy, kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi ma'lumotiga köra, «2019–2022 yillarda Samarqand şahrini jadal rivojlantiriş dasturi» doirasida Samarqand şahri 11ta hududga bölingan. Ana şu hududlar rahbarlari iştirokida joriy yil 1 iyul kuni bölib ötgan yiğilişda şaharda daydi itlar köpayib ketgani hisobga olinib, viloyat hokimi tomonidan aniq topşiriq berilgan.
«Yiğilişda itlarni hisobga oliş, tutiş va maxsus joyga yetkaziş topşiriği berilgan. Lekin heç kim «itlarni zaharlanglar, öldiringlar», degan topşiriqni bergan emas», deyişdi boşqarma vakillari. Endilikda boşqarma rahbarligida barça xonadonlarda saqlanayotgan uy hayvonlari hisobga olinadi, parvarişlar tartiblari tuşuntiriladi.














