Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qimmatli qoğozlar muomalasining maxsus tartibini örnatiş töğrisida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4127-son “Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 avgustdagi 650-son “Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi va Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirişga kömaklaşiş jamğarmasi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi qarorlariga muvofiq qabul qilinişi mumkin.
Şunday tartib örnatiladiki, unga köra, qimmatli qoğozlarning muomalasi, davlat qimmatli qoğozlari bundan mustasno, faqatgina ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylaştiriş tugaganidan söng yöl qöyiladi.
Mazkur buyruq kuçga kirgunga qadar çiqarilgan qimmatli qoğozlarni joylaştiriş va ularning muomalasi bilan boğliq huquqiy munosabatlarga mazkur buyruq tatbiq etilmaydi.
Qimmatli qoğozlar savdosi taşkilotçilari özlarining içki hujjatlarini uşbu buyruqqa muvofiqlaştiradilar.
Agentlikning Litsenziyalaş va bozorning professional iştirokçilarini rivojlantiriş departamenti ijroçilarga uşbu buyruqning mohiyati va ahamiyatini tuşuntirişni ta'minlaydi.












