Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona portal orqali amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining «Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini bekor qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, avval chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: aksiya (obligatsiya) chiqarish to‘g‘risida qaror; emitent vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi risolasi.
Davlat xizmatlari markaziga qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat qilinganda BHM 5 baravari, YaIDXP orqali murojaat qilinganda ushbu summa 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirish kiritish va uni bekor qilishi bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun yig‘im undirilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki rad etish haqida qaror Moliya vazirligi tomonidan 30 kun ichida qabul qilinadi.
Mavzuga oid

12:12 / 12.06.2024
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi qoidalariga qo‘shimchalar kiritilmoqda

07:28 / 24.02.2022
Jismoniy shaxslar va chet elliklarga davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga ruxsat beriladi

10:29 / 05.11.2021
Qimmatli qog‘ozlar bozori va aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirish kiritildi

08:57 / 13.10.2020