Samarqandda boşlangan «Şarq taronalari» xalqaro musiqa festivalida YuNeSKO Boş direktori Odri Auzel ham qatnaşdi va nutq sözladi. Keçadan buyon Samarqandda bölib turgan Auzel xonim özining tvitterdagi sahifasida Samarqandning qançalik gözalligi haqida post qoldirdi.

«Samarqandning gözalligi va uluğvorligi «Şarq taronalari» xalqaro festivali oçilişida körindi. Bu madaniyat odamlarni birlaştira oladigan kuç ekanining isboti. YuNeSKOning insoniyatni birlaştirişdagi roli mana şunda namoyon», — deb yozdi Odri Auzel tvitterdagi sahifasida.