Özbekistonda ilk bor ta'lim eksportini yölga qöygan AKFA universiteti çet ellik talabalar diqqat markazida qolmoqda. Oliygoh endigina birinçi öquv yiliga start berişni rejalaştirayotgan bir paytda, 50 nafardan ortiq qöşni davlat fuqarolarini öz ta'lim dasturiga qiziqtira oldi. Ulardan 18 nafari, ya'ni içki imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirgan abituriyentlar universitetga tölov-şartnoma asosida qabul qilindi. Talabalarning aksariyati Janubiy Koreyalikdir.

Aytiş joiz, Özbekiston fuqarolaridan farqli ölaroq, çet el fuqarolarining 1 öquv semestri uçun kiritişi zarur bölgan kontrakt tölovi 5000 AQŞ dollarini taşkil etadi. Şubhasiz, 1 öquv yili uçun çet ellik talabalar 10.000 AQŞ dollari tölaşi zarur. 

E'tiborli jihati, ta'lim jarayoni barça uçun töliq ingliz tilida olib boriladi. Talaba yoşlar Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiya va Janubiy Koreyalik professor-öqituvçilar qölida tahsil olişadi. Bu esa öz navbatida ta'lim sifatini yaxşilaş, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşda jahon tajribasiga ega böliş imkoniyatini beradi.

Hozirça faqatgina tibbiyot fakulteti bazasida taşkil etilgan AKFA universiteti yaqin kelajakda pedagogika yönalişi böyiça ham ta'lim dasturini yölga qöymoqçi.

Eslatib ötamiz, OTM tibbiyot yönalişi böyiça 2019/2020 yil uçun 200 nafarga yaqin özbekistonlik abituriyentlarni öqişga qabul qildi. Ularning 100 nafari grant asosida, 100 nafari şartnoma asosida talabalikka tavsiya etildi. 

Öquv yili şu yilning 9 sentyabridan boşlanadi.

AKFA universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi va messenjerlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: t.me/akfauniversity

Facebook: fb.com/akfauniversity  

Instagram: