Özbekiston Respublika valuta birjasida 29 avgust kungi savdolar natijasida söm 1 AQŞ dollariga nisbatan qadrsizlandi. Bundan valuta birjasidagi ma'lumotlar darak beryapti.
Xususan, 28 avgust kungi savdolarda 1 AQŞ dollari 9382 sömdan sotilgan bölsa, 29 avgustda bu körsatkiç 1 AQŞ dollariga 9403 sömni taşkil etdi. Şu tariqa, birjada dollar kursi ilk marta 9400 sömlik nuqtadan ötdi.
29 avgust kuni birjada savdolar hajmi 97,89 mln dollarni taşkil qildi. Bir kun avval - 28 avgust kuni uşbu körsatkiç 107,74 mln dollarga teng bölgandi.
Bundan oldin söm iyul oyida mustahkamlangandi, öşanda 1 AQŞ dollari uçun 8659 sömdan sotilgan, söng eng yuqori körsatkiçga kötarildi va 20 avgustda 1 AQŞ dollari uçun 9384 sömdan savdo qilindi. Savdolar hajmi 154 million dollargaça keskin ösdi - bunday holat iyun oyidan beri sodir bölmagan.
20 avgust kuni Markaziy bank valuta kurslari endi bozorda mustaqil şakllanişi haqida ma'lum qildi.
«Markaziy bank tomonidan valuta uçun belgilangan 0.5 foizli kurs tebranişi bekor qilindi. Bu farq endi valuta sotuvçilar va sotib oluvçilar tomonidan belgilanişiga qaror qilindi. 0,5 foizli çegirmaning borligi valuta bozori iştirokçilari manfaati uçun zid, degan qarorga kelindi», - deya aytib ötdi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.
Bundan oldin, sotuvlarning birinçi kuni banklar tomonidan qança naqd dollar sotilgani ma'lum bölgandi.












