Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yiğinlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimining joriy etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Fuqarolar yiğinlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlar Fuqarolar yiğinlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi töğrisidagi nizomda nazarda tutilgan ma'lumotlar fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman (şahar) kengaşining söroviga muvofiq taqdim etilişi va ularning haqqoniyligini ta'minlaş çoralarini köradi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hamda tuman va şahar hokimliklari reyting baholaş natijalari böyiça fuqarolar yiğinlari, ularning xodimlari va jamoatçilik asosida mehnat qilayotgan şaxslarni rağbatlantiriş uçun zarur bölgan mablağlar mahalliy budjetning orttirilgan qöşimça mablağlari hisobiga ajratilişini ta'minlaydilar.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşining Fuqarolar yiğinlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi töğrisidagi nizom talablariga muvofiq fuqarolar yiğinlari xodimlari va jamoatçilik asosida mehnat qilayotgan şaxslarga respublika hududidagi sanatoriylardan birida soğliğini tiklaş uçun bir marotabalik bepul yöllanma beriş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Nizomga köra, fuqarolar yiğinlari faoliyatini reyting baholaş yarim yillik va yil yakuni böyiça ötkaziladi. Reyting baholaş qonuniylik, oşkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va şaffoflik prinsiplariga asoslanadi.
Reyting baholaş natijasida baholaş “namunali”, "yaxşi”, "qoniqarli” va “qoniqarsiz” fuqarolar yiğinlari aniqlanadi hamda "namunali” deb topilgan fuqarolar yiğinlarining xodimlari va jamoatçilik asosida faoliyat yuritayotgan şaxslar moddiy rağbatlantiriladi.
Faoliyati “yaxşi” deb baholangan fuqarolar yiğinlarini namunali qiliş hamda faoliyati “qoniqarli” va “qoniqarsiz'' deb baholangan fuqarolar yiğinlari faoliyatini yaxşilaş çora-tadbirlari belgilanadi.
Fuqarolar yiğinlari faoliyatini reyting baholaş tuman (şahar) fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça kengaş tomonidan amalga oşiriladi.












