Jizzax viloyatida 800 ming nafardan ortiq 30 yoşgaça bölgan yoşlar bor. Eng uluğ va eng aziz bölgan mustaqillik bayrami arafasida Jizzax şahrida  barça qulay şaroitlarga ega «Yoşlar innovatsion markazi»ning oçilişi viloyat yoşlari uçun ajoyib tuhfa bölmoqda. Binoda faollar zali, forumlar zali, seminar va konferensiya zali, axborot-resurs markazi, zamonaviy kutubxona hamda 50ga yaqin til öqitiş kurslari va kasb-hunar tögaraklari mavjud. Barça zamonaviy şaroitlarni özida mujassam etgan markaz yoşlarni tadbirkorlik, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, yoşlarni oila qurişga tayyorlaş, ularga psixologik xizmat körsatiş hamda liderlik qobiliyatini şakllantiriş böyiça iş olib boradi.

— Ilgari boşqa tengdoşlarimizga havas qilardik. Viloyat markazida qad rostlayotgan «Yoşlar innovatsion markazi»ning foydalanişga topşirilişini intiqib kutardik. Endi böş vaqtimizni mazmunli ötkazadigan markazimiz bor. Zamonaviy kutubxona-yu, barça qulayliklarga ega turli kasb-hunar tögaraklarini aytmaysizmi. Qisqa fursatda ular men kabi barça yoşlarning sevimli maskaniga aylanadi. Şunday şaroitlarni yaratib berayotgan yurtboşimizga jizzaxlik yoşlar nomidan taşakkur bildiraman, – deydi Yoşlar ittifoqining Jizzax viloyati Kengaşi sardori Mehrijon Şaropova. — Bugundan markazdagi muşoiralar tögaragiga a'zo bölmoqçiman. Kelgusida sevimli adiblarimiz bilan taşkil etiladigan ijodiy keçalarda ham öz ijodim bilan faol qatnaşişni niyat qilganman.

Özbekiston yoşlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengaşi raisi örinbosari Şohida Damanova viloyat körkiga körk qöşgan «Yoşlar innovatsion markazi»da barça maşğulotlar interfaol usullarda olib borilişi, mahalliy va xorijiy mutaxassislar iştirokida onlayn ilmiy muloqotlar, mahorat darslari, seminar-treninglar ötkazilişi rejalaştirilganini  ta'kidladi.

Bugundan rus va ingliz tillari, mental arifmetika, rassomçilik, şaxmat-şaşka, voleybol, boks tögaraklari, kasb-hunarga yönaltiriş, psixologik maslahat beriş kabi qator xonalar jizzaxlik yoşlar ixtiyoriga topşirildi. Eng qiziği, maşğulotlarning barçasi bepul.