Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 avgustdagi «Özbekiston Qahramoni» unvonini beriş töğrisidagi Farmoni imzolandi. Unga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Yerniyazov Musa Tajyetdinoviç, Farğona viloyati Oltiariq tumani «Nurli obod» fermer xöjaligi boşliği Murotova Lola Ne'matovna hamda «Nuroniy» jamğarmasining Samarqand viloyati bölimi raisi Normuradov Xasan Norbekoviç ham «Özbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaş, uning jahon miqyosidagi şon-şuhratini yuksaltiriş, Vatanimiz obodligi, turmuşimiz farovonligini ta'minlaş borasidagi ulkan xizmatlari, sönggi yillarda yurtimizda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi taşabbuskorligi va fidoyiligi, davlat va xalq manfaatlarini röyobga çiqariş yölidagi fidokorona mehnati, işlab çiqariş va ijtimoiy-ma'naviy sohalardagi köp yillik samarali va ibratli faoliyati, yoş avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga qöşgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun quyidagilarga «Özbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nişon – «Oltin yulduz» medali topşirilsin: 

Yerniyazov Musa Tajyetdinoviç - Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi

Murotova Lola Ne'matovna - Farğona viloyati Oltiariq tumani «Nurli obod» fermer xöjaligi boşliği

Normuradov Xasan Norbekoviç - «Nuroniy» jamğarmasining Samarqand viloyati bölimi raisi