Oliy Majlis Senati a’zosi, Özbekiston Qahramoni Azim Latipov 6 iyun kuni 74 yoşida vafot etdi.

Senat matbuot xizmati xabariga köra, Azim Latipov uzoq yillar davomida xalq manfaatlari yölida halol va fidokorona xizmat qilib, hurmat va e’tibor qozongan. Öz hayoti va faoliyati bilan yoşlarga ibrat bölgan.

«Azim Şofirkon yulduzi» fermer xöjaligi rahbari Azim Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirişda faolligini namoyon etgan. 2005–2019 yillarda Buxoro viloyatidan saylangan Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida faoliyat olib borib, hududlar manfaatlarini qabul qilingan qonun va qarorlarda ifodalaş hamda mahalliy muammolarni hal qiliş işlariga özining munosib hissasini qöşgan», deyiladi ta’ziyada.

Azim Latipov mamlakat va xalq oldidagi xizmatlari uçun «Özbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor bölgan, «Şuhrat» medali bilan taqdirlangan.