Prezident “Özbekiston Qahramoni” unvonini beriş töğrisida farmon imzoladi.

Farmonga asosan, mamlakat oldidagi yuksak xizmatlari uçun quyidagilarga “Özbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nişon – “Oltin yulduz” medali topşiriladi:

Ahmedov Muhammad Ismatoviç – Buxoro tumanidagi “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xöjaligi boşliği, Buxoro viloyati

Muhammad Ahmedov / Foto: Telegram

Ayupov Şavkat Abdullayeviç – Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori, senator

Şavkat Ayupov / Foto: Kun.uz

Ğafurov Ibrohim Usmonoviç – Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, adabiyotşunos olim

Ibrohim Ğafurov / Foto: Ziyouz.com

Yölçiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Özbekiston davlat konservatoriyasi an'anaviy ijroçilik kafedrasi mudiri

Munojatxon Yölçiyeva / Foto: Muzaffar Abdullayev

Ma'lumot uçun, “Özbekiston Qahramoni” unvoni oliy darajadagi mukofot bölib, Özbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat körsatiş bilan boğliq xizmatlari uçun beriladi.