«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Qolmaqir» konida köp yillar mehnat qilgan ekskavator maşinisti, mehnat faxriysi, Özbekiston qahramoni Jonsaid Turdiyev 20 oktyabrda 69 yoşida vafot etdi.

Jonsaid Turdiyev 1954 yilda Toşkent viloyatining Böka tumanida tuğilgan. Mehnat faoliyatini Olmaliq şahridagi 80-avtokorxonada haydovçi sifatida boşlagan.

1977 yildan mehnat faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida davom ettirib, qariyb 30 yil mobaynida «Qolmaqir» konida xizmat qilgan.

Jonsaid Turdiyevning davlat va xalq oldidagi xizmatlari yuksak e’tirof etilib, 1998 yilda «Özbekiston Qahramoni» oliy unvoni hamda «Oltin yulduz» medali bilan mukofotlangan edi.