Namangan viloyati Mingbuloq tumanining Qolgandaryo, Momoxon mahallalari va ularga tutaş hududlarda qoraqalpoq millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.

Ularning ajdodlari bundan uç asr avval Orol atrofidagi yerlardan köçib kelgan.

Daryo böyiga örnaşgan aholi köçib kelganiga uzoq vaqt bölgani sabab ota yurtidagi qarindoş-uruğlar bilan aloqalar uzilib qolgan.

Mamitali Zokirov

Qolgandaryolik faxriy öqituvçi Mamitali Zokirovning sözlariga köra, hozirda qoraqalpoqça gapiriş ança muomaladan çiqib qolgan. Köpçilikning pasportiga «özbek» deb yozilgan. «Qoraqalpoq» deb yozilganlari ham bor.

Qolgandaryo mahallasi raisi Obidjon Fozilovning sözlariga köra, Jöqorği Kengesining marhum raisi Musa Yerniyazov davlat rahbariga aynan şu hududlarni obod qiliş böyiça murojaat qilgan. Ayni paytda hudud «Obod qişloq» dasturiga kiritilgan va obodonlaştiriş boşlangan.

Obidjon Fozilov

Musa Erniyazovning mingbuloqlik qoraqalpoqlar haqidagi gapi davlat maslahatçisi Tursunxöja Xudeyberganov mahalla hududiga taşrifi davomida ham aytib ötilgan.

Hozirda Qolgandaryoda «Obod mahalla» dasturi böyiça işlar amalga oşirilmoqda. 10 mlrd sömdan ziyod mablağ evaziga qişloqda infratuzilmani yaxşilaş, mahalla binosini ta'mirlaş va boşqa işlar qilinyapti.

Foto: Mingbuloq tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Mingbuloq tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Mingbuloq tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Mingbuloq tumani hokimligi axborot xizmati