Yoşlar Ittifoqi taşkil etilganidan buyon unga rahbarlik qilayotgan Qahramon Quronboyev boşqa lavozimga ötkazilişi munosabati bilan taşkilotga yangi rahbar tayinlandi. Şu vaqtgaça Yoşlar Ittifoqi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Sa'dullayev Alişer Zafaroviç taşkilotning vaqtinça raisi etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lum qildi.

1994 yil 11 iyulda Jizzax viloyatida tuğilgan Alişer Sa'dullayev 2017 yil 30 iyun kuni «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining qurultoyida nutq sözlaganidan söng 2017 yil 1 iyul kuni Xalq ta'limi vazirining örinbosari etib tayinlangandi. Öşa vaqtda 23 yoşda bölgan Sa'dullayev Özbekiston tarixidagi eng yoş vazir örinbosari bölgandi.