Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Şarğun şahrida «Obod markaz» davlat dasturi doirasida keng miqyosda olib borilayotgan obodonçilik işlari Ölmasoy Husanovaning tadbirkorligiga jiddiy zarba berdi. Uning işlab çiqariş sexi va avvalroq turar joy qilib rasmiylaştirib berilgan binosi Şarğunsoy daryosi muhofaza zonasida joylaşgani vaji bilan buzilgan.

Ölmasoy Husanovaga buzilgan inşootlari evaziga avvalgi joydan ikki kilometr narida — «Marjona» mahallasidagi suğoriladigan yer maydoni örtasidan 10 sotix uçastka ajratib berilgan.

«Har bir oila — tadbirkor» davlat dasturi doirasida kreditlar olib, Şarğun şahri «Madankon» mahallasi, Nurafşon köçasida öz turar joyimdan pişiriq sexi oçib faoliyat körsatib kelayotgan edim. Binolarimizning bir qismini tuman hokimi qarori bilan turar joyga aylantirib, oilamiz bilan öşa yerda istiqomat ham qilar edik», — deydi Ölmasoy Husanova.

Kun.uz muxbiri bilan suhbati asnosida Ölmasoy opa öz murojaatlariga mahalliy hokimliklar tomonidan yetarli darajada e'tibor qaratilmayotganini aytib ötgan edi.

«Hozir mana şu yaydoq daladan yer uçastkasi ajratib, dastgohlarimni ham şu yerga keltirib taşladim. Bu yerdan yangi uy quryapman. Turmuş örtoğim harbiy nogiron. Juda qiynalyapman. Işlab çiqariş binolarim va uyimni buzişlaridan avval qop-qop va'dalar berilgan edi. Birortasi bajarilmayapti. Kompensatsiya puli berilmayapti. Quriliş materiallaridan yordam qilamiz, yangi qurilayotgan «dom»lardan uy beramiz deyişgandi. Quriliş metariallaridan sement va şifer nomigagina berildi. Men esa işlab çiqarişim töxtab qolgani sababli 75 million sömlik kreditimni yopolmay sarson bölyapman. Uy quraymi, kreditlarimni tölaymi, boşim qotgan».

Ölmasoy opa yangi joyda uy joy va işlab çiqariş barpo etaman, deb odamlardan 46 million söm qarzdor bölib qolgani, hali usta pullariniyam bera olmaganini aytigan edi.

Şarğun şahar hokimi Şerzod Xidirov Husanovlar oilasiga buzilgan imorati uçun 100 million söm kompensatsiya pulini tölab berganini ma'lum qildi. Ölmasoy opa Kun.uz muxbiriga murojaatlari xayrli yakun topgani va boşqa e'tirozi yöqligini ma'lum qildi.

Şuhrat ŞOKIRJONOV,