Davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bağişlangan bayram tadbirlari boşlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Mustaqillik maydoniga taşrif buyurib, ozodligimiz, yoruğ kelajagimiz va pok niyatlarimiz ramzi bölgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulçambar qöydi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.


Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham monument poyiga gullar qöydi.

Mamlakat tarixida yangi sahifa oçgan, xalqimiz uçun eng uluğ, eng aziz ayyom bölgan Mustaqillik bayramiga hamma joyda katta tayyorgarlik körilgan. Poytaxtdagi tantanali tadbir bugun “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bölib ötadi.











