Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask va Alibaba asosçisi Jyek Ma kelgusida insoniyatning asosiy muammosi «demografik inqiroz» bölişini taxmin qildi. Ular bu haqda Şanxaydagi sun'iy ong böyiça butunjahon konferensiyasida aytişdi, deb xabar berdi CNBC.
«Aksariyat odamlar sayyoramizda odam soni köpayib ketdi deb öylaydi, ammo men buni eskirgan fikr deb hisoblayman. Insoniyat yaqin 20 yil içida duç keladigan eng katta muammo bu - demografik inqiroz böladi. Ta'kidlab ötaman, portlaş emas, inqiroz», — dedi Mask.
Öz navbatida Jyek Ma Maskning fikriga töliq qöşilişini bildirdi.
«Aholi muammosi katta boşoğriq böladi. Ehtimol Xitoydagi 1,4 milliard kişi katta raqamdek körinar, ammo keyingi 20 yil içida Xitoyda bu borada juda katta muammolar boşlanadi», — dedi u.
Iyun oyida BMT Yer sayyorasi aholisi töğrisidagi hisobotini ma'lum qildi. Unga köra, XXI asr örtalariga kelib, sayyora aholisi soni 9,7 milliard kişiga yetadi. Asr oxirlarida 11 milliardga yaqin aholi istiqomat qiladi. Xitoy 2027 yilga kelib, aholi soni böyiça Hindistondan ortda qoladi.












