29 iyul kuni Xorazm viloyati markazi Urganç şahrida oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun test imtihonlari boşlandi.

Abituriyentlar «Yoşlik» sport-majmuasining katta paviloni va 2 ta binosida, 2 ta smenada test imtihonlarini topşirmoqda. Jarayon har doimgidek huquq tartibot idoralari va Davlat test markazi tomoni xodimlari tomonidan qattiq nazorat ostida keçmoqda.

Abituriyentlar test topşiriladigan binoga kirişda uç bosqiçli tekşiruvdan ötkazilyapti. Imtihonga şpargalka, telefonlar va boşqa texnik vositalarning olib kirilişiga yöl qöyilmayapti.

Bundan taşqari, har bir abituriyent şaxsi maxsus tizim orqali identifikatsiya qilinmoqda. Uning yuzi va zarur hollarda barmoq izlari orqali şaxsi tasdiqlanyapti. Bu esa begona şaxslarning test imtihoniga kirib ketişining oldini olyapti. Boşqa abituriyentning örniga kirişga uringanlar esa test imtihonidan çetlatilmoqda.

Test imtihonlari ötkaziladigan bino 1200 abituriyentga möljallangan. Test topşiruvçilar alohida stol va stul, ruçka va test javob varaqasini töldiriş yöriqnomasi, şuningdek, içimlik suvi bilan ta'minlangan. Bino içi katta konditsionerlar orqali yetarli darajada sovutilmoqda.

Test imtihoni boşlanganidan söng, katta ekranda taymer işga tuşiriladi. U abituriyentlarga test yakunlanişiga qolgan vaqtni körsatib turadi.

















