«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu, «Barselona» forvardi Lionel Messi va «Liverpul» himoyaçisi Virjiyl van Deyk FIFA talqini böyiça yilning eng yaxşi futbolçisi böliş uçun nomzodlarning yakuniy uçtaligiga kirdi.

«FIFAning yil futbolçisi» uçun topşiriladigan The Best mukofoti — 1991 yildan buyon har yili topşirib kelinayotgan mukofot bölib, 2010 yildan 2015 yilgaça yilning eng yaxşi futbolçisi uçun «FIFA Oltin töpi» sovrini topşirilgan, bu sovrin «FIFAning yil futbolçisi» va «Oltin töp (France Football)» sovrinlari birlaşmasi edi. 2016 yilda FIFA va fransuz naşri hamkorlikni töxtatib, mukofotlarni yana alohida holda topşira boşladi.

YeÇLning ötgan mavsumi ğolibi bölgan «Liverpul» boş murabbiyi Yurgen Klopp, qatorasiga ikkinçi mavsum Angliya çempioni bölgan «Mançester Siti» ustozi Xosep Gvardiola va «Tottenhem» bilan YeÇLning ötgan mavsumida finalga çiqqan Maurisio Poçettino esa FIFA talqini böyiça yilning eng yaxşi murabbiyi bölişga nomzodlarning yakuniy uçtaligiga kirgan.

«FIFAning yil murabbiyi» — 2010 yildan buyon topşirib kelinadigan mukofot. Mukofot FIFA talqini böyiça ötgan mavsumning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan mutaxassisga beriladi. Yilning eng yaxşisi ovoz beriş yöli orqali aniqlanadi.

Bu sovrinni birinçi bölib portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino qölga kiritgan, öşanda u «Inter»da işlardi. 2018 yilgi sovrin esa Fransiya terma jamoasi boş murabbiyi Dide Deşamga berilgan.

Şuningdek, Alison Beker («Liverpul»), Ederson («Mançester Siti») va Andre ter Ştegen («Barselona») FIFA talqini böyiça yilning eng yaxşi darvozaboni bölişga nomzodlarning yakuniy uçligini taşkil etgan.

Taqdirlaş marosimi 23 sentabr kuni Milanda bölib ötadi.